13:48 Shimoliy Koreyaning xakerlar guruhi yapon kripto firmalariga hujum qildi | |
Shimoliy Koreya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “Lazarus” xakerlar guruhi yapon kriptovalyuta birja kompaniyalari tizimlarini buzib kirishdi. Bu haqda Yaponiya Milliy politsiya agentligi xabar qildi. Ma’lum bo‘lishicha, ular kriptovalyuta birjasi xodimlariga kompyuterlarini zararlash uchun fishing elektron pochta xabarlarini yuborishgan. Bu esa xakerlarga ba’zi kompaniyalarning tizimlarini buzib kirishiga va kriptovalyutalarini o‘g‘irlashga imkon yaratgan. Hozircha qancha mablag‘ o‘g‘irlangani ochiqlanmagan, biroq tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|