18:13 Qo‘qonda voyaga yetmagan qiz o‘g‘irlik qildi | |
Qoʻqon shahar. A.T.Xuqandiy koʻchasida yashovchi K.A ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 8-noyabrdan 10-noyabr kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib narxi 1.560.000 soʻmlik tillo uzugini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan. Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Manba: "Xabardor.uz"
| |
|