19:06 Buxoroda voyaga yetmagan qizni fohishalikka undagan qo‘shmachi ayol ushlandi | |
Maʼlum qilinishicha, G‘ijduvon tumani “Pozagari” MFYda yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan S.M. ismli ayol fuqarolar S.O. va N.F. ismli hamda voyaga yetmagan X.J. bilan telefon orqali tanishib, ular bilan uchrashib, ularga Buxoro shahrida yaxshi daromadli ish borligini aytib qiziqtirgan. S.M. ularga fohishalik bilan shug‘ullanishlarini, o‘zi mijoz topib berishini tushuntirgan. U 2021 yil o‘rtalaridan 2022 yil mart oyiga qadar ayollarni Buxoro shahridagi turli millatga mansub fuqarolarga maʼlum bir haq evaziga turli joylarga yuborib, qo‘shmachilik qilgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|