17:03 Xakerlar o‘zbek bankiga hujum qilib, o‘g‘irlik qildi | |
Qayd etilishicha, joriy yilning 3-5 sentyabrʼ kunlari bir guruh xalqaro moliyaviy firibgarlar xorijda joylashgan fiktiv merchant xizmatlaridan InFinBank’da o‘zlarining jinoiy sheriklarining nomiga ochilgan Visa plastik kartalariga valyuta mablag‘larini o‘tkazishga va shu kunlarning o‘zida bankomat tizimlarida naqdlashtirish, boshqa banklarning mobil ilovalari, Humo va Uzcard tizimida ochilgan kartalar vositasida o‘zlashtirishga uringanlar. Hozirda jinoiy guruhning aʼzolari aniqlangan. Gumonlanuvchilar qo‘lga olingan. Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda. Noqonuniy ishlatilgan va o‘zlashtirilgan mablag‘larning bir qismi undirildi va qolgan qismini undirish harakatlari amalga oshirilmoqda. Bank ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarda ko‘rsatilgan summalar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini surishtiruv, tergov va undiruv harakatlari yakuni bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot va axborotlar berilishini taʼkidlagan
Manba: "qalampir.uz"
| |
|