18:15 Koreyaga “Xinnamnor” to‘foni yopirildi. Qurbonlar bor | |
Qayd etilishicha, mamlakat sharqidagi Pxoxan shahridagi suv bosgan avtoturargohda yetti kishi halok bo‘lgan, qutqaruvchilar ikki kishini qutqarishga erishgan. Umumiy hisobda esa mamlakatda to‘fon qurbonlari soni 10 taga yetgan. “Favqulodda xizmatlar qidiruv va suv bosgan avtoturargohni tozalash ishlarini davom ettirmoqda, biroq yangi omon qolganlarni topish dargumon”, deb yozadi agentlik. Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol eng ko‘p to‘fon taʼsir qilgan Pxoxan shahrini maxsus ofat hududi deb eʼlon qilish niyatidaligini aytgan. Shuningdek, u Pxoxanga tashrif buyurishini rejalashtirmoqda. Koreya meteorologiya xizmatining maʼlum qilishicha, to‘fon 6 sentabr kuni Koreya yarim orolining janubiy qismiga yetib borgan va bir necha soatdan keyin Yaponiya dengizi tomon yo‘l olgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|