18:34 Osiyoda ilk bor dinozavr kim oshdi savdosiga qo‘yildi | |
Tiranozavr reksning 12 metrli skeleti Gonkongdagi auksionda sotilishi rejalashtirilmoqda. Bunday dinozavr Osiyoda birinchi marta kim oshdi savdosiga qo‘yildi. Tiranozavr reks Shen nomi bilan tanilgan. Uning toshga aylangan qoldiqlari 2020-yilda Montanadan topilgan. U bo‘r davrida, dinozavrlar davrining eng oxirida, 66-68 million yil oldin yashagan. Mutaxassislar skeletni o‘lja qidirayotgan qadimgi yirtqichni ko‘rsatadigan pozada qayta yig‘ishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, model Tiranozavr reksning shafqatsizligini ifodalaydi. Uning uzunligi 12,2 m, balandligi 4,6 m va kengligi 2,1 m ga etadi va og‘irligi 1400 kg ga etadi. Kim oshdi savdosi 30-noyabrga belgilangan. Bunday lotning narxi 120 milliondan 200 million Gonkong dollarigacha bo‘lishi kutilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|