13:00 Koronavirus haqida xushxabar: Ikki hafta ichida hammasi yaxshi bo‘lishi mumkin | |
XXRning yetakchi epidemiologi Chjun Nanshanning ta’kidlashicha, agar dunyo miqyosida koronavirus bilan bog‘liq yuqumli epidemiologik vaziyat hozirgi sur’atda davom etsa, koronavirusning “sinish”iga kamida yana ikki hafta vaqt qolgan. "Agar dunyodagi pandemiyasi qachon tugashini bashorat qilishimni xohlasangiz, bu menga Xotoydagi vaziyatdan ko‘ra qiyinroq. Nega? Chunki boshqa mamlakatlarda kutilmagan omillar ko‘p. Ammo vaziyat hozirgi ko‘rinishda davom etadigan bo‘lsa, men yana ikki hafta shunday davom etishidan qo‘rqaman", dedi Chjun Nanshan "Jenmin jibao" gazetasiga bergan intervyusida. Mutaxassisning tushuntirishicha, 1918 yildagi pandemiya paytida yuz bergan voqeadan farqli o‘laroq, hozirda hukumat choralari juda muhim rol o‘ynaydi, agar choralar qattiq bo‘lsa, epidemiya kamayadi. «Masalan, Italiyaning shimoli koronavirus eng qattiq zarba bergan hudud, lekin ularda juda qattiq choralar mavjud, odamlar ijtimoiy masofaga rioya qilishmoqda, niqob taqishmoqda, bir nechta kishik shaharlar va qishloqlarda esa deyarli hech qanday infeksiya holati yo‘q, bitta mamlakat ichida shunday katta farq borligi bois hozir bashorat qilish juda qiyin», dedi u.
Manba: "aniq.uz"
| |
|