10:54 Koronavirus koinotga ham yetib boradimi? | |
NASA astronavti, XKS-62/63 ekipaj a’zosi Kris Kessidi 9 aprel kuni u va koinotdagi ekipaj bilan Xalqaro kosmik stansiyaga koronavirus infeksiyasining yuqish ehtimolini baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu nolga teng holat. Tele-brifing davomida kosmonavt uning yangi jamoasi, ya’ni Anatoliy Ivanishin va Ivan Vagnerning o‘zlariga kasallik yuqtira olmasligiga ishonch bildirdi. "Biz bunga qat’iy rioya qildik ... Ekipajimiz va tashqi dunyo odamlari o‘rtasida deyarli hech qanday aloqa bo‘lmagan", deb qo‘shimcha qildi kosmonavt. Shuningdek, Kessidi hozirda dunyoda sodir bo‘layotgan holatdan afsusda ekanligini bildirdi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|