21:17 Koronavirus: O‘zbekistonda 500 nafardan kam bemor qoldi | |
Shu soatlarda poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Xorazm viloyatida 18 nafar va Namangan viloyatida 5 nafar, jami 30 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. Shunday qilib, bugunning o‘zida 52 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2040 nafarni tashkil etmoqda. Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2519 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 469 nafar bemor davolanmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|