Главная » 2020 » Август » 11 » Koronavirusdan himoya qiladigan mahsulotlar aniqlandi
22:17

Koronavirusdan himoya qiladigan mahsulotlar aniqlandi


Yong‘oq, malina, vino koronavirus infeksiyasi bilan kurashishga yordam beradi. Bu haqda AQSh milliy tibbiyot bibliotekasi xabar berdi.

SARS-CoV-2 virusi hujayraga ACE2 fermenti orqali kiradi.

Ushbu oqsil o‘pka, yurak, buyrak va miya to‘qimalarida mavjud. Kanadaning Laval universiteti olimlari, tabiiy antioksidant bo‘lgan resveratrolni ko‘proq iste’mol qilish organizmdagi ACE2 konsentrasiyasini oshirish xususiyatini aniqlashdi.

Bu ba’zi mevalarda uchraydi, bu ularning turli xil stress holatlarga, shu jumladan haddan tashqari ultrabinafsha nurlanishiga, iqlimning keskin o‘zgarishiga, kasallik va parazitlarga nisbatan chidamliligini oshirishga yordam beradi. Resveratrol immunitetga ta’siri tufayli COVID-19’ning og‘irligini kamaytirishi mumkin.

Antioksidant uning tabiiy manbalaridagi tarkibiga mos keladigan konsentrasiyada faol bo‘ladi. Resveratrol yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. U qizil sharob, yeryong‘oq, pista, kakao, malina, uzum, chernika va klyukvada uchraydi. Rasionga bu mahsulotlarni qo‘shish har qanday holatda ham foydali bo‘ladi, deydi mutaxassislar.

Qizil sharob, uzum, yeryong‘oq tarkibida resveratrol deyarli bir xil, shuning uchun koronavirusdan himoya qilish uchun spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni ko‘paytirish shart emas.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: koronavirusdan, himoya qiladigan, mahsulotlar aniqlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz