18:58 Koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlar qanday dori vositalarini qabul qilishi lozim? | |
Koronavirusga chalingan, lekin kasallikning alomatlari bo‘lmagan bemorlar, yangi qoidalarga muvofiq, uy sharoitida kuzatuvda bo‘ladi. Bu toifadagi bemorlar qanday dori vositalarini qabul qilishi lozim? Bu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qildi. ➖ Simptomsiz, ya’ni kasallik alomatlarsiz kechayotgan bemorlarga haqiqatdan ham uy sharoitida kuzatuvda bo‘lishga ruxsat berildi. Kuzatuvni oilaviy poliklinikadan umumiy amaliyot shifokori olib borishi shart! Har kuni telefon orqali bemor bilan bog‘lanib, uning ahvolidan, tana harorati va boshqa shikoyatlari bor-yo‘qligidan xabardor bo‘lishi kerak. Uyda kuzatuvda bo‘lgan bemorlar oila a’zolaridan yakkalanishi lozim. Shuningdek:
Manba: "xabar.uz"
| |
|