19:50 Koronavirusga chalingan abituriyentlar bu yilgi test sinovlariga qo‘yilmaydi! | |
Turli asosli sabablar tufayli test sinovlarida qatnasha olmagan abituriyentlar uchun test sinovlari tugagach, 4 kundan keyin ular uchun qayta imtihonlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi. Qo‘shimcha qilishlaricha, abituriyent test sinovlariga kelgan vaqtida isitmasi yuqori bo‘lsa, shifokorlar tomonidan tegishli ravishda tekshiruv tashkil etiladi. Agar unda koronavirus infeksiyasi aniqlanmasa, test sinovlari tugagach tashkil etiladigan imtihonda qatnashish imkoniyati beriladi. Koronavirus aniqlangan abituriyentlar esa bu yilgi test sinovlariga qo‘yilmaydi! Ushbu infeksiya bilan kasallangan abituriyentlar imtihonda qatnashishi uchun koronavirusdan sog‘ayganligi haqidagi ma’lumotnomani taqdim etishi lozim bo‘ladi. Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabovning qo‘shimcha qilishicha, koronavirusga chalingani tufayli test imtihonlarida ishtirok eta olmagan abituriyentlarning imtihon uchun to‘lagan pullarini qaytarish choralari ko‘rilmoqda. Davlat qabul komissiyasi bayonnomasiga ushbu masala bo‘yicha taklif kiritilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|