Главная » 2020 » Август » 8 » Koronavirusli bemorlarning ahvolini yaxshilaydigan yagona omil aytildi
17:06

Koronavirusli bemorlarning ahvolini yaxshilaydigan yagona omil aytildi


Araxis, pista, kakao va vinoning tarkibidagi ACE2 fermenti koronavirus yuqtirib olgan bemorlarning ahvolini yaxshilamaydi.

Bu haqda Gamaleya nomidagi Rossiya milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg gapirib berdi.

«Aslida bemorning ahvoliga ta'sir qiluvchi hech qanday oziq-ovqat mahsuloti yo‘q», deb ogohlantirdi olim.

«Hozirgi vaqtda bemorning ahvolini faqat shu virusga qarshilik qiladigan antitana yengillashtirishi mumkin xolos. Boshqa hech narsa yordam berolmaydi», – dedi Ginsburg.

Uning ta'kidlashicha, faqat antitana virusga qarshi kurashda yordam berishi mumkin. U koronavirus bilan xastalangan va shifo topgan odamlardan olinib, bemorning tomiridan yuboriladi.

«Virusni bloklash uchun yong‘oq yoki araxis yeyish emas, balki tayyor antitana quyish maqsadga muvofiq»,- deb tushuntirdi olim.

Epidemiya boshlangan paytda odamlar virusning yuqishini oldini olish maqsadida ommaviy ravishda limon va zanjabilni sotib olishgan edi. Har ikkala mahsulot immunitetni kuchaytirsa-da, shifokorlar ularning virusni organizmga tushishiga to‘sqinlik qilmasligini aniqlashdi. Bu sarimsoqqa ham taalluqli. Mahsulot foydali bo‘lsa-da, uni virusdan saqlashi yoki davolashiga umid bog‘lash – juda xatarli. Koronavirus bilan bog‘liq vaziyatda davolanishni kechiktirmaslik lozim.


Manba: "kun.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: ahvolini, bemorlarning, yaxshilaydigan, koronavirusli, yagona omil aytildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz