20:35 Koronavirusdan azoblanayotgan bemorlarning qonida xavfli antitanacha topildi | |
COVID-19 og‘ir shaklini boshidan o‘tkazgan bemorlarning qon plazmasida paydo bo‘luvchi antitanachalardan biri virusni o‘ldirmaydi, aksincha, kuchli yallig‘lanishni keltirib chiqaradi, degan xulosaga kelishdi Amsterdam universiteti professori Menno de Vinter rahbarligi ostidagi niderlandiyalik olimlar. Tadqiqot natijalari «bioRxiv» portalida chop etilgan. Biologlarning ma’lumotiga ko‘ra, bu antitanachalar koronavirusning tikansimon oqsillariga birikib, makrofag hujayralari bilan birgalikda «juda kuchli yallig‘lanuvchi reaksiyani keltirib chiqaradi». Tadqiqotchilarning yozishicha, «adaptiv immunitet «yoqilganda», ko‘pgina bemorlarning ahvoli birdaniga yomonlashmoqda». Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu antitanachalarni chaqiruvchi makrofaglar faoliyatidagi buzilish nafaqat yallig‘lanish jarayonini tezlashtiradi, balki tromblar hosil bo‘lishiga olib keladi, shuningdek, qon tomirlar devori foliyatini izdan chiqaradi. Ushbu ikkita muammo yallig‘lanuvchi jarayonlar bilan birgalikda hozirgi kunda COVID-19 asoratlarining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|