19:48 Krishtianu Ronaldu “Yuventus”da qariyb 60 yillik rekordni takrorladi | |
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan “Torino”ga qarshi bahsda (4:1) o‘z nomiga bitta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. 35 yoshli portugaliyalik futbolchi 29-daqiqada Xuan Kuadradoni to‘p bilan ta’minlagan bo‘lsa, 61-daqiqaga kelib o‘zi jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib, joriy mavsumda A Seriyadagi gollari sonini 25 taga yetkazib oldi. Shu tariqa u 1960/61-yilgi mavsumdan keyin A Seriyaning bir mavsumida 25 ta gol urgan “Yuventus”ning birinchi o‘yinchisiga aylandi. Bundan oldin ushbu natijani Omar Sivori (1961-yilda) qayd etgandi. Ushbu mavsumda Krishtianu Ronaldu klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 38 uchrashuvda ishtirok etib, 29 gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|