20:29 Lazzatli va betakror pissalar | |
Kim aytdi pissani uyda tayyorlab bo‘lmaydi deb?! Piss, bu — italyancha pirog. Uni tayyorlash murakkab emas. Buning uchun siz xamirini qilishni o‘rgansangiz bas. Keyin o‘zingiz xohlagan mahsulotlarni solib, pishirishingiz mumkin. Xamirini tayyorlash uchun: 350 gr. un, 250 ml. qaynatilgan suv, 1 osh qoshiqdan shakar va zaytun yog‘i, yarim choy qoshiq xamirturush, tuz. 1. Xamirturush va shakarni 4 osh qoshiq qaynatilgan suv bilan aralashtiring. 15 daqiqa tindirib qo‘ying. Un bilan tuzni aralashtirib, o‘rtaga uying. Zaytun yog‘i, xamirturushli aralashma va qolgan suvni soling. Qoshiq bilan xamirni aralashtiring. Xamirni oshtaxta ustiga qo‘yib, un sepib 5 daqiqa qoring. Tog‘oraga solib, sochiq yopib, 30 daqiqa tindiring. Tindirish davomida 2 marta qoring. 2. Tindirilgan xamirni yana bir marta qorib, qo‘l yordamida cho‘zing. Qizdirilgan tovaga soling. Xamir qalinligi 6 mm. bo‘lishi kerak. O‘rtasini qo‘lingiz bilan bosib chiqing. «Margarita» Ichiga solishga: 300 gr. o‘z sharbatiga pamidor, 2 bo‘lak sarimsoq piyoz, 100 gr. yumshoq pishloq, quritilgan rayhon va tomat, 1 osh qoshiq zaytun yog‘i, tuz, murch. 1. Pamidor, maydalangan sarimsoq piyoz, rayhonni zaytun yog‘ida qovuring. Tuz, murch seping. 20 daqiqa qovurgach, tomat qo‘shing. Keyin sovuting. 2. Pamidorli qaylani quyib, ustidan qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq solib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga qo‘ying. Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 45 daqiqa «Oltin quyosh» Ichiga solishga: 4 dona qaynatilgan tuxum, 2 tadan pamidor va tuzlangan bodring, 200 grammdan pishloq, kolbasa va qo‘ziqorin, 1 bosh qizil piyoz, mayonez, ketchup, tuz. 1. Pissa xamirining yuziga ketchup va mayonez surting. 2. Qaynatilgan tuxum, kolbasa va tuzlangan bodringni aylana shaklida to‘g‘rang. 3. O‘simlik yog‘ida aylana shaklida to‘g‘ralgan qo‘ziqorinlarni 40 daqiqa davomida qovuring. Pissa xamirining o‘rtasiga kolbasa, keyin tuxum, qo‘ziqorin va bodringni taxlab qo‘yib chiqing. Ustidan aylana shaklida to‘g‘ralgan pamidorni ham joylashtirib chiqing. Mayonez va ketchup surting. Ustidan halqalanagan qizil piyoz va qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqni terib chiqing. 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqada tayyor bo‘ladi. Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 30 daqiqa
Manba: "darakchi.uz"
| |
|