20:30 Pissa tayyorlaymiz | |
Bugun ajoyib ta'mli bu yegulikni tayyorlaymiz va yaqinlarimizni hayratda qoldiramiz. Tayyor bo'lsangiz, unda boshladik! Idishga iliq suv, shakar, bir chimdim tuz, xamirturush va 1 osh qoshiq un solamiz va aralashtiramiz.10-15 daqiqadan keyin aralashma usti ko'pirib chiqadi. Kattaroq idishga unni solamiz, ustidan yog', tuz va ko'pirgan xamirturushli aralashmani solib, xamir qoramiz.Xamirni 10 daqiqadan kam qormang. Xamirni ustiga yog' surtamiz va oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, 1-1.5 soatga iliq joyga olib qo'yamiz. Xamir oshib chiqqanidan so'ng olamiz va uni 3 ta teng qismga bo'lamiz.Har bir xamirni pitsaga mos qilib yoyib olamiz. Yoygan pitsalarimizning ustiga 2 osh qoshiqdan pomidor qaylasi surtib chiqamiz. Kolbasa, sosiska, bulg'or qaqlampiri va qo'ziqorinni to'g'rab olamiz va pitsaning ustiga terib chiqamiz. Pishloqni qirg'ichdan chiqarib ustidan sepamiz.300 C da 7 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Manba: "hordiq.uz"
| |
|