20:34 Iftorlikka brinzali sharchalar tayyorlaymiz | |
Mazkur tansiq taom iftorlik dasturxoningizni bezashi aniq. Sharchalarga brinza o‘rniga pishloq qo‘shsa ham bo‘ladi.
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi: Kartoshka — 3 dona (o‘rtacha) Brinza — 80 gr Un — 1,5 piyola Ko‘k piyoz va shivit Tuxum 2 dona Non talqoni Tayyorlanish jarayoni: Kartoshkadan pyure tayyorlang. Pyurega brinza va ko‘katlar qo‘shing. Aralashmadan sharchalar yasang. Har bir sharchani birinchi unga keyin tuxumga va oxiri non talqoniga botiring. Agar massa yopishqoq bo‘lsa, biroz un qo‘shishingiz mumkin. Sharchalarni 3-4 daqiqa tillarang bo‘lgunicha, o‘simlik yog‘ida qovurib oling. Tayyor sharchalarni istalgan sous bilan birga dasturxonga tortish mumkin. Yoqimli ishtaha!
Manba: "daryo.uz"
| |
|