19:47 Iftorlik uchun qulupnayli pirog pishiramiz | |
Mazkur pirog, taom borasida qaysar bo‘lgan har qanday kishining ham ko‘nglidan joy olishi aniq.
Pirog uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi: Tuxum — 2 dona Tuz — 1 chimdim Qatiq — 1 piyola Shakar — 170 gr Un — 1,5 piyola Sariyog‘ — 50 gr Ichimlik sodasi — 1 choy qoshiq Qulupnay — 300 gr Tayyorlanish jarayoni: Sariyog‘ni eritib oling. Tuxumga tuz qo‘shib bir xil massa bo‘lgunicha mikser bilan aralashtiring. Oz-ozdan shakar qo‘shib aralashtirishda davom eting. Jarayon 7 daqiqadan kam bo‘lmasligi kerak. Qatiq va sariyog‘ni qo‘shib aralashtiring. Unni elakdan o‘tkazib, soda bilan aralashmaga qo‘shing. Xamir smetana suyuqligida bo‘lishi kerak. Qolip yoki maxsus idishga xamirni soling. Pirog ustiga qulupnay terib chiqing (xohishga qarab xamir orasiga ham qo‘shishingiz mumkin). Pirogni 1 soatga qizigan pechga 180 darajaga qo‘ying. Yoqimli ishtaha!
Manba: "daryo.uz"
| |
|