09:36 Libosingizning rangi siz haqingizda nimalar deydi? | |
Foto: “Kolobok.ua” Qizil rang Stilist Devid Zilaning aytishicha, qizil rang qalb jo‘shqinligi, dovyuraklik, hayotga chanqoqlikni aks ettiradi. Qizil rangni o‘rgangan tadqiqotchilar bu rangdagi libosli ayol atrofdagilarning, ayniqsa, erkaklarning e’tiborini ko‘p jalb qilishini ta’kidlashgan. Demak, atrofdagilarning e’tiborini qozonishni istasangiz, qizil rangdagi libosda to‘xtaling. Ko‘k rang Bugun aqliy mehnat ko‘p talab qilinadigan kunmi? Ikkilanmasdan ko‘k rangdagi libosni tanlang. Ko‘k rang ruhiy osoyishtalikni aks ettirib, tinchlantiruvchi xususiyatga ega. Britaniya Kolumbiyasi universitetida o‘tkazilgan tadqiqot natijasida ko‘k rang insonda tinchlik va xavfsizlik tuyg‘ulari bilan bog‘liqligi, bu rangning mavjudligi inson g‘oyalarining ochilishiga, ijodiy mahsuldorlikning oshishiga yordam berishi ma’lum bo‘lgan. Qora rang Bu rangdagi kiyim barchaga mos tushadi, yarashadi, hatto biroz ozg‘in ham ko‘rsatadi. Lekin salbiy xususiyati ham bor. Florida universiteti tadqiqotchilari bir holatga e’tibor qaratishgan: qora kiyingan xokkeychilarga oq kiyingan xokkeychilarga nisbatan hakam tomonidan agressivlik va qo‘polliklari uchun ko‘proq jarima solingan. Yashil rang Atrofdagilarda ishonchlilik, ijobiylik fikrini tug‘dirmoqchi bo‘lsangiz, yashil rangni tanlaganingiz ma’qul. Bu rang bardamlik, soflik, bekam-u ko‘stlik rangi hisoblanib, ko‘k rangga o‘xshab ilhomlantiruvchi xususiyatga ega. Zarg‘aldoq rangi Bu rang ba’zan to‘q sariq yoki apelsin rangi ham deyilib, qalbdagi qat’iyat va dadillik, ko‘tarinki kayfiyat bilan bog‘lanadi. Lekin bu rangning ortiqcha yorqin bo‘lishi tajanglikni keltirib chiqarishi mumkin. Siyoh rangi Bu rang hukmdorlik, imtiyozlilik kabi tuyg‘ular bilan bog‘liq. Bu rangdagi libosni tanlayotganda shu narsani e’tiborga olish kerakki, bu rangga uzoq qaralganda insonda asabiylik va ruhiy taranglik, noqulaylik hislari uyg‘onishi mumkin. Pushti rang Kamtar va yoqimli rang bo‘lgani bilan, inson kayfiyatiga sezilarli ta’sir o‘tkaza oladi. Bu rang ta’sirida insondagi agressivlik va qo‘pollik kamayishi tajribalarda aniqlangan. O‘zingizni baxtli va sokin his qilmoqchi bo‘lsangiz, shu rangni tavsiya etamiz. Kulrang Bu rang o‘zining betarafligi bilan ajralib turadi, kayfiyatga deyarli ta’sir qilmaydi. Muloyimlik va nafislik hislarini uyg‘otmoqchi bo‘lsangiz, ushbu rang sizga mos keladi. Lekin shuni aytish kerakki, kulrangdagi liboslarni har doim kiyib yurish baxtlilik tuyg‘usini kamaytirishi mumkin.
Manba: "“Zdorovie.com”"
| |
|