Главная » 2017 » Апрель » 14 » Munisa Rizayeva o‘zi yaratgan liboslar to‘plamini taqdim etadi
08:25

Munisa Rizayeva o‘zi yaratgan liboslar to‘plamini taqdim etadi


2016 yilning yoz oylarida xonanda Munisa Rizayeva “Monis” nomli ayollar liboslari do‘koni va modalar uyini ochgani haqida xabar bergan edik. Avgust oyida modalar uyi o‘zining ilk kolleksiyasini namoyish etgandi.

Xonanda joriy yilning 19 aprel kuni modalar uyining navbatdagi liboslar to‘plamini namoyish etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ma’lum qilinishicha, bahoriy to‘plamdan o‘rin olgan liboslar Munisa Rizayevaning g‘oyasi asosida yaratilgan.

Toshkentdagi restoranlardan birida bo‘lib o‘tadigan modalar namoyishida o‘zbek estradasining eng taniqli yulduzlari, kino olami ijodkorlari ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Shu bugungacha o‘zini ham san’atda, ham dizaynerlikda sinab ko‘rganlardan aktrisa Shahzoda Muhammedovaning omadi ancha chopdi. U o‘zi tikkan liboslarni filmlarida kiya-kiya, qaerga borsa, “liboslari-i-im”, deb gapira-gapira, oxiri dizayner deb chaqirishlariga erishdi.

Muhammedovadan oldin xonanda Kaniza ham to‘y liboslari salonini ochgan edi. Biroq bu borada u qadar muvaffaqiyatga erisha olgani yo‘q. Qiziq, Munisa Rizayeva shunchaki tadbirkor emas, dizayner sifatida tan olinarmikin...


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: taqdim etadi, to‘plam, liboslar, Munisa Rizayeva | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz