20:11 Munisa Rizayeva Abror Muxtor Aliy bilan sudlashmoqchi | |
Xonanda Munisa Rizayeva o‘zining "Instagram" sahifasidagi jonli efirida kiyinishini tanqid qilgan Abror Muxtor Aliy haqidagi fikrlarga “U bilan sudda ko‘rishaman” deya izoh qoldirdi. Xonanda o‘zining "Instagram" sahifasiga joylashtirgan surati ostida qoldirilgan Abror Muxtor Aliy haqidagi izohlarga «Men u bilan nimani ‘"razbor" qilaman! U bilan sudda ko‘rishaman», deb javob bergan. “Munisa Rizayeva muslima ayollarimiz to‘g‘risida o‘zi loyiq bo‘lmagan gaplarni gapirib yubordi. Bu gapni o‘zicha oqlashi mumkin, men unday edim, bunday edim, deb. Mening qalbim “kristalniy”, deyishi ham mumkin. Men yer yuzida qoraman, men juda ham rasvo bo‘lib ketyapman, deydigan odam yo‘q. O‘g‘ri ham o‘zini haqman deydi, foxisha ham o‘zini to‘g‘riman deydi. Men bu bilan Munisa Rizayevani foxisha deyayotganim yo‘q. Odamlar Munisa Rizayevaning jonli muloqotida ochiq-sochiq kiyinibsiz, desa “ko‘rganmiz hijoblilarni”, deb hijobga “sakrayapti”. Senga aytilyapti kiyimingni to‘g‘rilagin, deb. Yo‘q, mening qalbim toza, deb ketaver. Hijoblilarni nimaga tilga olyapsan? Ko‘rgan bo‘lsang, sendan kimdir so‘rayaptimi? Sening nima ishing bor? — Shu gap so‘ralgani uchun bizdan xafa. Xafa bo‘lgan bo‘lsa, burnini tishlasin. Tishlay olmasa, o‘sha tajribani qilsin”, deydi Abror Muxtor Aliy jonli efirda.
Manba: "aniq.uz"
| |
|