16:52 Abror Muxtor Aliy ma’ruzalari bo‘yicha aholiga ogohlantirish berildi | |
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Abror Muxtor Aliyning “aayollar uradigan erkaklarni yoqtirishi” haqidagi ma’ruzasi tarqalgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Matbuot xizmati holat yuzasidan ogohlantirish berdi. Unda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Matbuot xizmatida o‘rindoshlik asosida faoliyat yurituvchi Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov)ning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan chiqishlarini muallifning shaxsiy qarashlari sifatida qabul qilinishi so‘ralgan.
Matbuot xizmatiga ma’lum qilinishicha, Abror Muxtor Aliy o‘z chiqishiga izoh bergan va ayollardan uzr so‘ragan. Unga bundan buyon chiqishlari mavzusiga va mazmuniga alohida e’tibor berish tavsiya qilingan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|