Главная » 2021 » Январь » 10 » Markaziy bank aholiga qator ogohlantirishlar bilan chiqdi
12:07

Markaziy bank aholiga qator ogohlantirishlar bilan chiqdi


MB axborot xizmati bank kartalari xavfsizligi bo‘yicha aholiga bir qancha tavsiyalar bilan chiqdi.  

Bankomatlarda:

Bank kartasidan foydalangan holda operatsiyalarni amalga oshirish uchun bankomatni tanlashda sizga yaqin joyda shubhali shaxslarning yo‘qligiga e’tibor berishingiz kerak. Agar bunday shaxslar bo‘lsa, siz bu yoki boshqa bankomatdan foydalanish uchun qulayroq vaqtni tanlashingiz kerak.

Uchinchi shaxslarning maslahatiga quloq solmang va bank kartasi bilan operatsiyalarni amalga oshirishda ularning yordamini qabul qilmang.

Bankomatni ishlatishdan oldin uning PIN-kod teriladigan joyida va kartalarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan joyida (uyada) joylashgan dizayniga mos kelmaydigan qo‘shimcha qurilmalar (masalan, notekis o‘rnatilgan PIN-kod terish klaviaturasi) mavjudligini ko‘zdan kechiring. Agar qo‘shimcha qurilmalar mavjud bo‘lsa, bunday bankomatdan foydalanishdan voz keching va bankomatda ko‘rsatilgan telefon orqali bank xodimlariga shubhalaringiz haqida xabar bering.

Bankomatga bank kartasini kiritish uchun jismoniy kuch ishlatmang. Agar bank kartasi kiritilmasa, bunday bankomatdan foydalanmang.

PIN-kodni kiritayotganda yaqin atrofdagi odamlar uni ko‘rmasligi uchun klaviaturani qo‘lingiz bilan yoping.

Bankomatdan naqd pul olgandan so‘ng, banknotalarni birma-bir sanang, bank kartasi qaytishini kuting va kvitansiyani oling, ularni sumkaga (hamyonga, cho‘ntakka) soling va shundan keyingina bankomatni tark eting.

Bankomat tomonidan chop etilgan kvitansiyalarni ularda ko‘rsatilgan summalarni keyinchalik bank hisobvarag‘i bilan taqqoslash uchun saqlab qo‘ying.

Agar bankomat to‘g‘ri ishlamasa (masalan, u uzoq vaqt kutish rejimida bo‘lsa, o‘z-o‘zidan qayta o‘chib yoqilsa), siz bunday bankomatdan foydalanmang, klaviaturadagi «Otmena» tugmachasini bosib, amaldagi operatsiyani bekor qiling va bank kartasining qaytishini kuting.

Agar bank kartasi bilan operatsiyalar paytida bankomat bank kartasini qaytarib bermasa, bankomatda ko‘rsatilgan telefon raqami orqali tegishli bankka murojaat qiling va holatni tushuntiring. Shuningdek, siz bank kartasini chiqargan bank bilan bog‘lanib, bank xodimining ko‘rsatmalariga amal qilishingiz kerak.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: aholiga, ogohlantirishlar, Markaziy bank | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz