16:39 Madagaskar prezidenti koronavirus dorisini namoyish qildi | |
Madagaskar prezidenti Andry Rajoelina koronavirusga qarshi kurashish uchun shifobaxsh o‘simliklardan ishlab chiqilgan dorini namoyish qildi. Madagaskar tadqiqotlar instituti tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu doriga “Covid Organics” nomi berildi. Dorini mamlakat prezidenti kameralar qarshisida ichgan holda sinab ko‘rdi. Andry Rajoelina tvitter hisobidan dorini Madagaskardagi kambag‘al insonlarga bepul tarqatishini bildirib o‘tgan. Eslatib o‘tamiz, dunyo bo‘ylab koronavirusni yuqtirganlar soni 2 478 153 nafarni, vafot etganlar 170 368, tuzalganlar 651 503 kigini tashkil etmoqda.
Manba: "sof.uz"
| |
|