Главная » 2018 » Январь » 9 » “Manchester Yunayted” yo‘q bo‘lib ketishi mumkin edi, ammo...
22:34

“Manchester Yunayted” yo‘q bo‘lib ketishi mumkin edi, ammo...


Angliyaning buyuk jamoalaridan biri “Manchester Yunayted”ning tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, ularning har qanday muvaffaqiyatlari qiyinchiliklarsiz bo‘lmaganini tushunib yetishimiz mumkin.

Masalan, 1927 yil jamoa investori Jon Genri Deyvis olamdan o‘tgandan so‘ng “qizil iblislar” tang ahvolga kelib qolishgan. Bundan tashqari, “Yunayted” 1931 yil inqirozga uchrashiga sal qolgan.

Aynan mana shunday vaqtda, angliyalik mashhur tadbirkorlardan biri Jeyms Uilyam Gibson jamoani og‘ir ahvolidan qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Gibson “Manchester Yunayted” jamoasining barcha qarzdorligini qoplab beradi.

Shuni ham aytib o‘tish kerakki, 1938/1939 yil mavsumida “qizil iblislar” Angliya birinchi divizionini 14-o‘rin bilan yakunlashgan.

Ta’kidlab o‘tish joizki, “Manchester Yunayted”ning ayni vaqtdagi ishlari joyida. Klubni portugaliyalik tajribali mutaxassis Joze Mourino boshqarmoqda.

“Qizil iblislar” o‘tgan yili Yevropa ligasi musobaqasida bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi, lekin APLni oltinchi o‘rin bilan yakunlashdi.

Amerikalik tadbirkor Malkolm Gleyzer 2003 yilning sentabr oyida “Manchester Yunayted”ning to‘liq aksiyalarini sotib oladi va jamoaga mana 15 yildirki, Gleyzerlar oilasi xo‘jayinchilik qilib kelmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Manchester Yunayted | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz