12:56 Mart oyida Toshkent shahrida 116 ta jinoyat fosh etildi | |
Har bir sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik muqarraligini ta`minlash maqsadida olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida mart oyining o`zida fosh etilmay qolgan jinoyatlarning 116 tasi fosh etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB tomonidan o`tkazilgan brifingda ma`lumot berildi. Shulardan 26 ta jinoyat 31 martdan 6 aprelga qadar, xususan, hafta davomida 1 ta qasddan og`ir tan jarohati etkazish, 2 ta bosqinchilik, 1 ta talonchilik, 16 ta o`g`rilik, 5 ta firibgarlik va 1 ta giyohvandlik vositalari bilan qonunga hilof ravishda muomala qilish jinoyatlari issiq izidan fosh etildi. Shuningdek mart oyida 510 nafar, hafta davomida 28 nafar qidiruvda bo`lgan jinoyatchilar ushlandi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|