15:08 Toshkentda ikki sudya ustidan jinoyat ishi ochildi | |
Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi H.I (ayol kishi) hamda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi H.I. (erkak)ga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Kun.uz manbasining xabar berishicha, har ikkala sudya noqonuniy egallangan yer uchastkalariga egalik huquqini belgilashga doir ishlar bo‘yicha manfaatdor shaxslar foydasiga hal qiluv qarorlarini chiqarib bergan. Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarovning Kun.uz so‘roviga javoban maʼlum qilishicha, bu sudyalarning vakolatlari oliy sudlovni amalga oshirishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun bundan 2 oy muqaddam kengash qarori bilan muddatidan avval tugatilgan. “Sudyalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganiga oid maʼlumot kengashda mavjud emas. Bu masalada Bosh prokuraturadan izoh olinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi”, deydi Akbarov. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan aniqlashtirib, maʼlumot berishini maʼlum qildi.
Manba: "kun.uz"
| |
|