20:23 Masjidni tozalovchi millioner | |
Kunlarning birida saudiyalik bir kishi Masjidul Haramning tahoratxonasiga kirdi. Ko‘zi tahoratxonani tozalayotgan yoshi ulug‘ qariyaga tushdi. Uning oldiga borib, qo‘liga bir qancha pul tutqazdi. Shunda qariya unga jilmayib: "Bolam, men sadaqaga muhtoj emasman, men hindistonlik millionerman ", dedi. Saudiyalik hayron bo‘lib: "Unda bu yerda nima qilyapsiz?" dedi. "Vaqti-vaqti bilan kelib, Robbimning uyini tozalab turaman", deb javob berdi. Ushbu bo‘lgan voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi hamda ko‘plab insonlarni hayratga soldi. Bir qancha jurnalistlar kelib suhbat uyushtirishdi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, masjidni tozalovchi millionerning ismi Muhammad Aslam bo‘lib, u 25 yildan beri Masjidul Haramning tahoratxonasini tozalovchi farrosh bo‘lib ishlar ekan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|