Главная » 2016 » Ноябрь » 23 » Meteotobelik: ob-havoning keskin o‘zgarishi kimlarga xavf soladi?
12:06

Meteotobelik: ob-havoning keskin o‘zgarishi kimlarga xavf soladi?


Ob havoning keskin o‘zgarishi salomatlik uchun beiz qolmaydi.Odatda, bunday kunlarda aholi orasida  xastalanish holatlari ko‘puchraydi. Buning sabablari haqida shifokor-terapevt ShahnozaSAIDOVA ma’lumot beradi.

Atmosfera bosimi qonga ham ta’sir qiladi!

Atmosfera bosimining o‘zgarishi tomirlarimizdagi qon aylanishiga ta’sir qiladi. Ayniqsa, biror xastalikka ro‘baro kelgan bo‘lsangiz yoki surunkali kasallik kuzatilsa ob-havo o‘zgarishiga sezgir bo‘lib qolishingiz aniq. Mutaxassislar bu holat shahar aholisi orasida ko‘pligini ta’kidlashmoqda.  haqiqatan, zamonaviy odam hayotining ko‘p qismini yopiq joylarda, kondisioner yoki boshqa isitish moslamalari o‘rnatilgan xonalarda o‘tkazadi. Shuning uchun tashqi ob-havo o‘zgarishiga uning organizmi tayyor bo‘lmaydi.

IRSIYaT AYBDORMI?

Ob-havo o‘zgarishiga ta’sirchanlik ota-ona tomonidan ham o‘tishi mumkin. Ya’ni, volidangiz ob-havo o‘zgarishidan bir kun oldin “bo‘g‘imlari zirqirayapti” deya ertaga yomg‘ir yog‘ishini bashorat qilsa, biling-ki, bir kun kelib, bu ahvolga o‘zingiz tushishingiz mumkin.

Lekin meteotobelikka bo‘lgan asl sababni hayot tarzimizdan qidirish to‘g‘riroq. Kamharakatlilik, ovqatlanishda darmondori va minerallar yetishmasligi, sog‘liqqa beparvolik (surunkali kasalliklarni vaqtida davolamaslik) organizmni holsizlantirib, odamni ob-havo o‘zgarishiga ta’sirchan qilib qo‘yadi.

SOVUQDAN O‘ZINGIZNI ASRANG!

Shifokorlar ob-havoning qisqa vaqt ichida 12 daraja sovuqqacha pasayishi, hatto sog‘lom odamga ham salbiy ta’sir qilishini isbotlaganlar. Ayniqsa, bosh miya va yurak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar bu davrda sergak bo‘lishlari, imkon boricha, ko‘chaga chiqmay, og‘ir yumushlar bilan shug‘ullanmasliklari zarur.

Maslahat: shu kunlarda qizil va sariq tusdagi mevalar va ulardan tayyorlangan sharbatlarni tez-tez ichish, taomga qizdiruvchi ta’sirga ega dolchin (korisa), zanjabil (imbir) kabi ziravorlarni qo‘shib iste’mol qilish kerak.

ISSIQQA TOBINGIZ QALAY?

Yilning sovuq faslida haroratning birdaniga isib ketishi ham inson salomatligi uchun xavfli ekani isbotlangan. Bu vaqt, ayniqsa, o‘smirlar va keksalar uchun qiyin kechadi. Yoshlar organizmida gormonal o‘zgarishlar yuz berayotgani uchun kayfiyatlari tez ko‘tarilib tushadi, dangasalik avj oladi. Keksalar esa qo‘l-oyoqdagi og‘riq, behollikdan qiynalishadi.

Maslahat: kaliy, magniy, kalsiyga boy mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qiling. Ular banan, karam, ismaloq, o‘riq qoqisi, grechixa yormasi, baqlajonda bisyor bo‘ladi.    

ShAMOL ESGANIDA...

Kuchli shamol esganda ayollarda bosh og‘rig‘i, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda esa  injiqlik, besabab yig‘i kuzatiladi. Ammo bu vaqtda astmatiklarning nafas olishlari yaxshilanadi.

Maslahat: bolalardagi bezovtalikni bartaraf etish uchun uxlashdan oldin yalpiz yoki moychechakli vannada cho‘miltirish kerak. Bosh og‘rig‘i va beg‘ollikni yengish uchun esa yong‘oq va limonni qiymalag‘ichdan o‘tkazib, bir piyola asal bilan aralashtirib iste’mol qiling. Ahvolingiz yaxshilanadi!

YoMG‘IR YoG‘DI MAYDALAB...

Ruhiy-asab kasalliklari hamda astma, bo‘g‘im kasalliklari bilan og‘rigan odamlar uchun muammoning o‘zginasi. Klimaks davridagi ayollarham yomg‘ir yog‘ishidan oldin o‘zlarini loxas sezishlari mumkin.

Maslahat: shu kunlarda kechalari kompyuter va televizor oldida uzoq o‘tirmay, yaxshisi vaqtida dam oling. Kun tartibiga qat’iy rioya qilish meteotobelik ta’siridan saqlanishga yordam beradi. Mineral gazsiz suvga 2-3 tomchi limon, aloe yoki anor suvini tomizib ichilsa, ahvolingiz ancha yaxshilanadi.

Oppoq qor!

70 foiz odam bunday paytda faqat quvonadi. Ammo qolgan 30 foizi-chi? Bosh miya ichki bosimi ko‘tariladigan yoki  distoniya (behollik, ko‘z tinishi, ruhiyat tushishi bilan kechadigan kasallik) bilan og‘rigan odamlar uchun qor yog‘ishi ham bir muammo. Bunday paytda ularning boshi qattiq aylanib, quloqlarida shovqin seziladi, ko‘ngli behuzur bo‘ladi.

Maslahat: qor boshlanishi bilan shifokor tavsiyasiga ko‘ra, qon tomirlarini kengaytiruvchi vositalar, jenshen damlamasi, tinchlantiruvchi vositalar qabul qilgan yaxshi. Shuningdek, havo o‘tkazadigan, tabiiy matolik kiyimlar kiyishga, ko‘proq piyoda yurishga, ammo ortiqcha toliqmaslikka harakat qiling. Yodingizda bo‘lsin: meteotobelik bu tashxis emas, balki sizning sog‘lom hayot qonunlariga bo‘ysunmasligingiz oqibati. Hayotingizda tartib, harakat va yaxshi kayfiyat davomiy bo‘lsa, ob-havo ta’siridan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi.  

Barno HOJIMIRZAYEVA tayyorladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Meteotobelik, ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz