12:03 Mevalarning foydali va shifobaxsh xislati | |
Qulupnay Uning tarkibida kaloriy miqdori past hisoblanadi. Hattoki, qulupnayli parhez ham mavjud. Bunday parhez natijasida teri yosharadi va unga yaxshi ta`sir qiladi. Qulupnay vitaminlarga boydir. Foydali ekan deb, me`yoridan ortiq iste`mol qilish yaramaydi. Chunki allergiyasi borlarni bezovta qilishi mumkin. 150 gr. miqdorida eyilgan qulupnay stressdan qutulishning eng zo`r yo`lidir. Olma Olma qon tarkibidagi xolesterin miqdorini pasaytirish xususiyatiga ega. Uning po`stlog`i saraton kasalligini oldini olishda foydali hisoblanadi. Olmani po`stlog`i bilan eyishga harakat qiling. Bu tarzda iste`mol qilish orqali organizmga kversetin va vitamin S kiradi. Lab yorilganda qirg`ichdan chiqarilgan olmaga yog` aralashtirib surish tavsiya etiladi. Tarvuz Tarvuz tarkibida oziq moddalar bilan birga V 1, V 2, S, RR vitaminlari, karotin, qand mavjud. Ular organizmda moddalar almashinuvi va ovqat hazm qilish tizimini yaxshilash imkonini beradi. Issiq kunlarda ko`p miqdorda tarvuz eyish orqali ortiqcha vazn muammosidan qutulish mumkin. Kuygan joyga tarvuz qo`yish kerak. Banan Banan sportchilarning mevasi hisoblanadi. Chunki u insonga energiya bag`ishlash xususiyatiga egadir. Sport maydonchasida bir yarim soat tinimsiz shug`ullanish uchun ikkita banan eyish kifoya qilar ekan. Buni tadqiqotlar ko`rsatmoqda. Uning tarkibida V 6 vitamini mavjud bo`lib, u qondagi glyukoza miqdorini me`yorlashtirib, kayfiyatni yaxshilaydi. Banan kamqonlikda yordam beradi. Kaliy moddasi yurak faoliyatini va organizmdagi suv balansini yaxshilaydi. Yoz faslida ko`pchilikni chivin chaqib, bezovta qiladi. Bu paytda qiynalmaslik uchun banandan samarali foydalaning. Chivin chaqqandan so`ng banan po`stlog`ini qo`yish kerak. Nok Uning tarkibida ko`p miqdorda qand, ferment, mikroelementlar (misol uchun yod) va V 1, R, RR vitaminlari mavjud. Shu bois, nok sharbati tana a`zoga foydali hisoblanadi. Nok yaralarni tez fursatda bitishiga yordam beradi. Haroratni tushirish xususiyatiga ham ega. Nok tarkibidagi kaliy yurak faoliyatini yaxshi ishlashini ta`minlaydi. Nok yod moddasiga boy bo`lib, qon tomirlari faoliyatini yaxshilanishiga yordam beradi. Nok mevasi ichak faoliyatini yaxshilab, bakteriyalarga qarshi kurashish xususiyatiga ham ega hisoblanadi.Uning hidi qancha xushbo`y bo`lsa, shuncha foydalidir. Nokdan tayyorlangan niqob sepkillarni yo`qotishda yordam beradi.
Apelsin Apelsin – S vitaminiga boy bo`lish bilan birga, klechatkaga boy hisoblanadi. Bundan tashqari, apelsin tarkibida xolesterin miqdorini kamaytirish, qondagi qand moddasini pasaytirish xususiyatiga ega bo`lgan pektin va foydali moddalar bor. Bu tabiatning ne`mati bo`lishi apelsin ayniqsa, qandli diabet bilan og`ruvchi kasallarga foydali hisoblanadi. Apelsin oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, organizmni tozalash xususiyatiga ham egadir. Olxo`ri Olxo`ri temir moddasiga boydir. Olxo`ri ayniqsa, jig`ildon qaynaganda, ichak faoliyatidagi keraksiz moddalarni chiqarishda yordam beradi. Shu bilan birga, ateroskleroz, bod (revmatizm) kasalligida foydalidir. Olxo`rining ishtaha ochuvchi xususiyati e`tiborga molikdir. Ziyoda tayyorladi
Manba: "darakchi.uz"
| |
|