15:21 Stressga qarshi shifobaxsh ichimliklar | |
Stress hayot sifatini pasaytiradi va tananing umumiy salomatligiga salbiy ta’sir qiladi. Asab tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadigan turli foydali ichimliklar insonga yordamga keladi. Mutaxassislar odam o‘zini yaxshi his qilishi uchun ko‘k choy yordam beradi, deb hisoblaydi. Shuningdek, qo‘shimcha qilinishicha, choy tarkibida ko‘p miqdorda biologik faol moddalar mavjud. Shifokorning ta’kidlashicha, choy o‘zini yaxshi his qilishga, kun davomida faolroq bo‘lishga yordam beradi. Bundan tashqari turli shifobaxsh o‘simlik choylari ham asab tizimi uchun foydalidir. Ular yengil antidepressant ta’sirga ega hisoblanadi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|