Главная » 2022 » Сентябрь » 23 » Qozogʻistondagi saylov byulletenlariga “hammaga qarshi” varianti kiritiladi
19:43

Qozogʻistondagi saylov byulletenlariga “hammaga qarshi” varianti kiritiladi


Qozogʻistonda noyabr oyida boʻlib oʻtishi belgilangan prezidentlik saylovi byulletenlarida yangi, “hammaga qarshi” varianti mavjud boʻladi.

Yaʼni, saylovchilar nomzodlardan birini tanlashni istamasalar, barcha nomzodlarga qarshi ovoz berish huquqiga ega boʻlishadi. Bu haqda MSK rahbari oʻrinbosari Konstantin Petrov maʼlum qildi.

“Barchaga qarshi” ustuni qonunda mavjud – bu albatta, amalda qoʻllaniladi. Agar fuqaro bitta nomzodni tanlamasa, u hammaga qarshi ovoz berish huquqiga ega”, deydi Qozogʻiston markaziy saylov ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Konstantin Petrov.

Bunday imkoniyat oʻtgan yili qishloq hokimlari saylovida ham qoʻllangan edi.

Maʼlumot uchun, Qozogʻistonda prezidentlik saylovi 2022-yilning 20-noyabr kuni boʻlishi rejalashtirilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qarshi, byulletenlariga, varianti, Saylov, kiritiladi, Qozogʻistondagi, hammaga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz