16:50 Milliy gvardiya «uddaburon» abituriyentni qo‘lga tushirdi | |
Mamlakatimiz bo‘ylab 2020-2021-o‘quv yili uchun test sinovlari davom etmoqda. Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qilishicha, kecha, 4 sentyabr kuni 2-smenada o‘tkazilishi rejalashtirilgan test sinovlari jarayoniga kelgan abituriyentlarning biridan Farg‘ona viloyati Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan imtihon jarayoniga olib kirib, foydalanish taqiqlangan texnik qurilma topib olindi. Ushbu abituriyent shu zahotiyoq test topshirish jarayonidan chetlatilib, unga nisbatan Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|