Главная » 2018 » Март » 14 » Moskvada erkak soxta valyuta ayirboshlash shoxobchasida 1 mln dollaridan ayrildi
22:22

Moskvada erkak soxta valyuta ayirboshlash shoxobchasida 1 mln dollaridan ayrildi


Moskva polisiyasi dollarlarini rubllarga almashtirgani valyuta ayirboshlash shoxobchasiga kelgan erkakdan 1 mln dollar o‘g‘irlashda gumon qilinganlarni ushladi.

Jabrlanuvchining aytishicha, u shoxobchaga katta miqdordagi valyutani rublga almashtirgani o‘z tanishlari bilan kelgan. Erkak pullar solingan sumkani shoxobcha xodimiga bergandan keyin u go‘yoki pullarni sanab olishi kerakligi vaji bilan darchani yopib qo‘ygan va pullar bilan birga zaxira chiqishdan qochib qolgan.

Polisiya 43 va 46 yoshli ikki erkak shoxobcha joylashgan xonani ijaraga olganini aniqlagan. Ularda valyuta ayirboshlash amaliyotlarini bajarish uchun ruxsatnomalar bo‘lmagan.

“Jinoyatchilarning sheriklari jabrlanuvchiga ushbu shoxobchani eng maqbul kursga ega shoxobcha sifatida tavsiya qilishgan”, deb aytilgan ichki ishlar vazirligi xabarida.

Gumonlanuvchilarga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining “Bir guruh shaxslar tomonidan amalga oshirilgan yoki o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bo‘yicha 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutiladi.

Huquq-tartibot idoralari ushbu firibgarlikka aloqador bo‘lgan qolgan shaxslarni qidirishda davom etmoqda.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: moskva | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz