15:07 Moskvada quturgan mushuk 7 kishini tishladi | |
Rossiya poytaxti Moskva shahrida quturgan mushuk yetti kishi, shu jumladan, yosh bolani tishladi. Bu haqda, “360 Podmoskovye”ga tayanib, “Vesti.ru” xabar bermoqda. Mahalliy veterenariya uchastkasi mudirasi Anna Avilovaning aytishicha, jonzot yoz davomida o‘z egalari bilan dala hovlida bo‘lgan. “Mushuk quturishga qarshi emlanmagan”, – deya qo‘shimcha qildi u. Mushuk egalarining ma’lum qilishicha, ular dala hovlidan qaytganidan keyin jonzot o‘zini sust his qila boshladi va ovqat yemay qo‘ydi. Uy hayvonini davolashga urinishganida u tajovuzkorlik qila boshladi. Keyinroq mushuk quturish kasaliga chalinganligi aniqlandi. Veterinarlar jonzoning hayotini saqlab qola olmadi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|