10:30 Munisa Rizayeva: Endi mangu afsuslar daryosiga g‘arq bo‘ldim... | |
O‘zining shaddod xarakteri, olovligi, quvnoqligi bilan muxlislari ko‘z o‘ngida gavdalanadigan Munisa Rizayevaning instagram ijtimoiy tarmog‘idajoylashtirgan so‘nggi fotosurati va unga yozib qoldirgan izohidan biz bilgan xonandaning shashtidan asar ham qolmagandek edi go‘yo. Bu holat uning kuzatuvchilarini ham biroz tashvishga soldi. U yana yolg‘on qurboniga aylandimi? “Mangulik...Negadir doimo endi topdim deganimda juda tez yo‘qotdim. Do‘stlarimga qolmadi ishonch, faqat o‘z halovatini o‘ylaydigan hudbinlar ular. Suv tubidagi qumlar uning sathiga ko‘tarilib, suvning asl ko‘rinishini ifloslantirganidek, ba’zi bir do‘stlar ham niqobini vaqt o‘tgan sayin yechib, o‘zlarini aslida manguk qanday bo‘lganliklarini oshkora ko‘rsatishadi. Yuragimga kamon o‘qi sanchilsa ham rozi edim, ammo do‘stlarim tomonidan berilgan zarbaga tayyor emas ekanman. Ularga bo‘lgan munosabatimni minnat qilmayman-u ammo ma’lum bir vaqt o‘z qadrimga shunchalar achindimkiYu bu meni mayda molekulalar zarralari singari parchalab yubordi...Endi mangu afsuslar daryosiga g‘arq bo‘ldim” – deya xonanda afsus bilan instagram ijtimoiy tarmog‘ida izoh qoldirdi.
Manba: "popcornuz.com"
| |
|