10:12 Munisa Rizayeva: “Galochka” uchun turmushga chiqayotgan aktrisalarimiz, ayol xonandalarimiz birovlarning oilalarini buzyapti | |
Xonanda Munisa Rizayeva hozirgi kunda ayol xonandalar va aktrisalar o‘z nomini oqlash uchungina turmushga chiqayotgani va ajrimlar ko‘payib ketayotgani haqida gapirdi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Ota-onam ajrashgan. Ular ajrashganida o‘zimdan nima o‘tganini o‘zim bilaman. Bu juda ham qiyin masala. Bugungi kunda aktrisalarimiz, ayol xonandalarimiz “galochka” uchun turmushga chiqyapti. Birovlarning oilalarini buzyapti. Ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi xotin bo‘lishyapti. Qizlarimiz o‘zini umuman hurmat qilmaydi. Bu gaplarimdan kimnidir xafa qilib qo‘yayotgan bo‘lsam, uzr. Lekin bu mening nuqtai nazarim. Mendan muxlislarim ko‘p so‘rashadi. ‘Qachon turmushga chiqasiz?’, deb. Turmushga chiqish o‘yinchoq narsa emas. Men 31 yoshga kirdim. Har doim Allohdan so‘rayman: mening peshonamga faqat bir inson yozilgan bo‘lsin. U bilan turmush qurib, bir umr baxtli hayot kechiray. Ko‘p farzandlarning onasi bo‘lishni orzu qilaman. Kamida 5 nafar farzandning onasi bo‘lishni istayman. Munisa Rizayeva, xonanda
Manba: "daryo.uz"
| |
|