12:46 Munisa Rizayeva Kanizaning imidji haqida: “Shahri, tarelkangga gap yo‘q” | |
Xonanda Munisa Rizayeva hamkasbi Kaniza(asli ismi Shahrizoda)ning imidjiga munosabat bildirdi. “Shahri, lekin tarelkangga gap yo‘q. Shu stilingga besh ketaman. Har doim shunaqa asal qiz bo‘lib yur”, deb yozadi Munisa Rizayeva Kaniza bilan tushgan suratini Instagram`dagi sahifasiga joylab. O‘z o‘rnida Kaniza ham hamkasbi va dugonasi Munisa Rizayevaning maqtovidan ilhomlanib, unga atalgan minnatdorchilik so‘zlarini yozib qoldirdi. “Munis, rahmat, o‘rtoqjon, iliq so‘zlar uchun”, deb yozadi Kaniza. Ma’lumot uchun, Munisa Rizayeva bugun, 23 yanvar kuni singlisi Karima bilan birga Ozarbayjonning Boku shahriga yo‘l oldi. Xonanda ushbu safardan ko‘zlangan maqsad haqida ma’lumot bermagan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|