Главная » 2016 » Декабрь » 21 » Munisa Rizayeva sukut saqlagani sabab atrofidagilar uni tark etgani haqida gapirdi
15:17

Munisa Rizayeva sukut saqlagani sabab atrofidagilar uni tark etgani haqida gapirdi


Munisa Rizayeva o‘zbek shou-biznesida ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketgan xonandalardan sanaladi. Bugun uni Instagram’dagi sahifasi orqali 630 ming kishi kuzatib keladi.
 
Xonanda sahifasiga tadbirlar va konsertlardagi ishtirokiga bog‘liq suratlar, videolarni joylashtiradi. Ba’zan u shaxsiy hayoti bilan bog‘liq voqealarni ham muxlislari bilan bo‘lishadi. Uning navbatdagi yozib qolgandirgan fikrlari esa Munisaning hislari bilan bog‘liq.
 
“Sevgi bu nima? Sevgi – bu yaqin insoningizning birgina tabassumi qalbingizni cheksiz quvonchga to‘ldirsa, u uzoqlarda bo‘lgan payt qalbingiz tubini kemtiklik egallasa, xayollaringiz doim u ila band bo‘lsa, u nafas olsa, siz baxtga to‘lsangiz... Kulgingiz, shodligingiz sababchisi bo‘lgan inson sizning chin sevgingizdir”, deb yozadi Rizayeva.
 
Oradan ko‘p o‘tmay xonanda yana bir surat joylashtirdi. Unga qoldirilgan izoh esa avvalgisini takrorlamasa-da, ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
 
“Menga doim “Hayotda qaysi tuyg‘udan qo‘rqasan”, deb savol berdilar. Men har gal sukut saqladim. Mendan jahllari chiqdi, savollariga nisbatan e’tiborsizlikda ayblab, meni tark etdilar. Afsus, bilmadilarki men hayotda eng ko‘p sukunat degan tuyg‘udan qo‘rqar edim. Chunki insonni sukunatdan-da oson taslim etuvchi, yakson qiluvchi tuyg‘u yo‘qdir. Insonni asli nafrat, haqorat emas, sukunat o‘ldiradi. Savollarga javob ololmaslikdan og‘ir his bo‘lmasa kerak”, deb o‘z mulohazalarini yozib qoldirdi xonanda.
 
Qiziq, yuqoridagi kabi fikrlarni yozishga Munisani nima majbur qildi ekan? Javobsiz sevgimi yoki...


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Munisa Rizayeva | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz