17:16 Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? | |
O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan o‘zbekistonliklar 3 kun dam oladi. Bunda ba’zi ish va dam olish kunlari o‘rni almashtiriladi. Joriy yil 1 sentyabr seshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Shu bois 5 kunlik ish haftasi bo‘yicha ishlaydiganlar uch kun ketma-ket dam olishlari uchun dam olish kuni 26 avgust shanbadan 31 avgust dushanbaga ko‘chirilgan. 6 kunlik ish haftasi bo‘yicha ishlaydiganlar uchun 2020 yil 31 avgust – qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. Shu tariqa, 2020 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan: barcha xodimlar uchun ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar – dushanba 23 mart; 6 kunlik ish haftasi bo‘yicha ishlaydiganlar uchun – 2 yanvar (payshanba), 31 avgust (dushanba). 5 kunlik ish haftasi bo‘yicha ishlaydiganlar uchun ushbu dam olish kunlari qo‘shimcha emas, balki tegishincha shanba kunlaridan ko‘chirilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|