Главная » 2021 » Апрель » 27 » Turkiyaga bormoqchi bo‘layotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
09:26

Turkiyaga bormoqchi bo‘layotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Turkiyaga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Turkiya Respublikasi Hukumati chet el davlatlari fuqarolarining (6 yosh va undan katta) mamlakatga kirishi uchun ilgari kiritilgan qoidalarni 2021 yil 31 mayga qadar uzaytirdi. Qoidaga muvofiq:

  • Turkiyaga kelishdan 72 soat oldin PSR-testidan o‘tish va ingliz tiliga tarjima qilingan QR-kodli tegishli ma’lumotmona olinishi kerak. Ma’lumotnomada “Negative Sars-CoV-2 PCR” so‘zlari yozilgan bo‘lishi lozim;
  • register.health.gov.tr havolasi orqali Turkiya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi veb-saytida PSR-testini topshirish to‘g‘risidagi shaklni to‘ldirish kerak. Bunda xorijga chiqish pasportida yozilgani kabi ingliz tilida ism, familiya, telefon, elektron pochta, aviareys, Turkiyada vaqtincha turish manzili, Turkiyaga kelgunga qadar oxirgi 10 kun ichida tashrif buyurgan mamlakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak;
  • to‘ldirilgan ariza shaklini chop eting va uni mobil qurilmaga (smartfon, planshet va h.k.) yuklab oling – anketani to‘ldirgandan so‘ng sayohat paytida taqdim etilishi kerak bo‘lgan shaxsiy HES-kodi hosil bo‘ladi, Turkiyada mehmonxona, qator ob’ektlarni ziyorat qilish va tadbirlarda ishtirok etish uchun ushbu HES-kodni ko‘rsatish talab etiladi. HES-kodini bosma shaklda ham, mobil qurilmaning ekranida ham taqdim etish mumkin;
  • jo‘nash aeroportida aviakompaniya xodimiga qog‘ozga chiqarilgan yoki mobil qurilmaga yuklab olingan so‘rovnomani taqdim etish lozim. Anketasiz samolyotga chiqish rad etiladi.

Qayd etilishicha, Turkiyaga HES-kodisiz kelgan xorijiy davlatlarning fuqarolariga mamlakatga kirish taqiqlanishi hamda ular o‘zlarining mablag‘lari hisobidan deportatsiya qilinishi mumkin.

Ushbu talab tranzit yo‘lovchilariga taalluqli emas.

 


Manba: "qalampir.uz"
| Теги: O‘zbekistonliklar, ogohlantirildi, Turkiyaga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz