10:05 Namanganda ayol 4 yoshli farzandini o‘ziga bog‘lab tunda daryoga tashladi | |
Joriy yilning 22-aprel kuni tungi soat 01.20 larda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi «Norin» daryosi ustida joylashgan ko‘prik qirg‘og‘iga tushgan notanish ayol farzandi bilan birgalikda suvga o‘zini tashlab yuboradi. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati xabar berdi. Shu vaqtda ushbu hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi hamda voqea joyidan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi fuqaro A.A. lar ayol va bolani qutqarib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borgan. Olib borilgan dastlabki surishtiruvlar davomida ushbu ayol Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan fuqaro X.M. bo‘lib 2017-yilda tug‘ilgan farzandini o‘ziga bog‘lagan holda suvga tashlagani ma’lum bo‘lgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|