19:18 Namanganda sevishganlar nomaqbul yo‘l tutishdi. Qiz halok bo‘ldi | |
2020-yil 15-sentyabr kuni soat 11:40 larda navbatchilik qismiga Namangan viloyati, Kosonsoy tumani shifoxonasidan og‘ir tan jarohati bilan bir fuqaro olib kelinganligi haqida xabar tushgan. IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi axborot xizmati aniqlik kiritishicha, shu kuni soat 11:00 larda Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, «Uzunqishloq» mahallasida yashovchi 13.08.1999-y.t. fuqaro I.M. va Kosonsoy tumani, «Bog‘» mahallasida yashovchi 13.07.2000 y.t. fuqaro K.M. (ayol) bir-birlari bilan bir-necha yil davomida yaxshi ko‘rishib, ota-onalarining turmush qurishlariga qarshilik qilganidan norozi bo‘lib, o‘zaro kelishgan holda, o‘z jonlariga qasd qilishadi. Ular dala maydoniga borib, o‘zlari bilan olib kelgan osh pichoq bilan dastlab K.M. yaxshi ko‘rgan yigiti I.M.ning qorin qismiga bir marotaba urib, so‘ngra pichoqni I.M ga berib, qorniga urishni so‘ragan va I.M. pichoq bilan K.M.ning qorin qismiga bir marotaba urgan vaqtida qiz hushidan ketib yiqilib tushishi oqibatida pichoq qizning qorin qismiga chuqur kirib ketishi natijasida vafot etgan. I.M. esa shifoxonaga yotqizilgan. Ushbu holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, I.M va K.M. 5 yil davomida o‘zaro sevishib yurganligiga qaramasdan, K.M.ning otasi qizini boshqa yigitga unashtirib qo‘ygan. 2020 yil 14 sentyabr kuni I.M. qizning otasini oldiga borib, qizini unga berishini so‘raganda rozi bo‘lmagan. Shundan so‘ng, 15-sentyabr kuni soat 09-00 larda I.M. va K.M.lar o‘zaro telefon orqali kelishib, Kosonsoy tuman markazidagi «Istirohat» bog‘i oldida ko‘rishib, ular ikkalasi birgalikda Kosonsoy tuman markazida joylashgan dehqon bozoridan 1 dona osh pichog‘ini 4.000 so‘mga sotib olib, tumandagi «Takarang» mahallasi, Fitrat ko‘chasida joylashgan «Namuna shirin» fermer xo‘jaligi dala maydoniga borib, shunday nomaqbul yo‘l tutishgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|