12:37 New Delhi Times: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yangi davrni boshlab berdi | |
«New Delhi Times» bosh muharriri Dr. Ankit Srivastava O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev faoliyati haqida maqola e’lon qildi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti lavozimini egallaganidan buyon mamlakat misli ko‘rilmagan har tomonlama rivojlanish davriga guvoh bo‘ldi, nainki Markaziy Osiyoda yetakchi kuch sifatida maydonga chiqib, xalqaro maydonda o‘z mavqeini oshirdi. Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekistondagi islohotlar «chempioni» deb bilish mumkin. 2016-yil 8-sentyabrda Prezident Islom Karimov vafot etganidan keyin Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis tomonidan O‘zbekistonning muvaqqat prezidenti etib tayinlandi. Keyinchalik u 2016-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida 88,6 foiz ovoz to‘plab to‘liq muddatga Prezident etib saylandi. 2016-yil 14-dekabrda qasamyod qildi. Prezident sifatida lavozimiga kelganidan beri demokratik va iqtisodiy o‘sishni oshirish maqsadida doimiy ravishda dadil qarorlarni qabul qilib keladi. Uning qarashlari quyidagi gapida to‘la ifodalangan: «Xalq hukumatga emas, aksincha hukumat xalqqa xizmat qilish vaqti keldi». Mirziyoyev O‘zbekistonni savdo va sarmoyalar uchun ochib, odamlar, g‘oyalar va texnologiyalarning erkin oqimiga imkon yaratishini ta’kidladi. 2017-2021-yillarda «Milliy rivojlanish strategiyasi» (Harakatlar sterategiyasi nazarda tutilyapti – tahrir) yangi O‘zbekiston Prezidentining qarashlariga muvofiq qabul qilindi. Shavkat Mirziyoyev Prezidentligi ushbu majburiyatlarning haqiqatga aylantirilishini ta’minladi. Parlament a’zolari xalq bilan muloqot qilishlari va o‘z okruglariga muntazam tashrif buyurishlari tavsiya etildi. Bu mamlakatda siyosiy tizim uchun ijobiy natijalarni berdi. Siyosatchilar va siyosiy institutlarning jamoatchilik idrokiga bo‘lgan ishonchini oshirdi. O‘zbekistonning fuqarolik va siyosiy manzarasi katta yutuqlarni namoyish etdi. Fuqarolik jamiyati tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari ancha erkin sharoitlarda faoliyat yuritmoqdalar. Fuqarolik jamiyati endi dushman emas, balki siyosiy jarayonning faol sherigidir. Mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolik jamiyatlari soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Ma’muriyat faoliyatida shaffoflik sezilarli darajada yaxshilandi va Transparenky International-ning «Korrupsiyani idrok etish indeksi-2019»ga bag‘ishlangan hisobotida O‘zbekiston o‘z pog‘onasini ijobiy tomonga o‘zgartirdi. O‘zbekistonning bank to‘g‘risidagi qonunchiligi va yer islohotlari Xalqaro valyuta fondi (XVF) tomonidan ham ma’qullandi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining kredit xatarlari reytingida mamlakatning mavqei yaxshilandi. Jahon bankining «Doing Business» reytingiga ko‘ra, mamlakat 7 pog‘onaga ko‘tarilib, 190 ta davlat orasida biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha 8-o‘rinni egalladi va eng yaxshi islohotchilar qatoriga kirdi. Sog‘liqni saqlash sohasida O‘zbekistonning «COVID-19» reaksiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan yuqori bahoga sazovor bo‘ldi: «O‘zbekiston jamoatchilikning yuqori darajadagi xabardorligi, shuningdek qarorlarni xabardor qilish uchun kunlik yig‘iladigan ma’lumotlarni taqdim etadigan ishchi kuzatuv tizimidan foyda ko‘radi». Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini, ayniqsa Markaziy Osiyodagi mintaqaviy rolini yuksaltirdi. «COVID-19» pandemiyasi paytida Shavkat Mirziyoyev infeksiya tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni ishlab chiqishda boshchilik qildi. O‘zbekiston Qirg‘iziston va Tojikistonga gumanitar yordam ko‘rsatdi. O‘zbekiston Prezidenti o‘z mamlakatining Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga sodiqligini ta’kidladi. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida Transport va kommunikatsiyalarni rivojlantirish mintaqaviy markazini tashkil etishni taklif qildi. O‘zbekiston Prezidenti, shuningdek, BMTning Global aksilterror strategiyasi bo‘yicha mintaqaviy qo‘shma rejaning 10 yilligiga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlaganligini yana bir bor ta’kidladi. O‘zbekistonning ushbu takliflari va tashabbuslari nafaqat Markaziy Osiyodagi iqtisodiy, balki mintaqaviy mavqeini mustahkamlashga, balki mintaqadagi xavfsizlik me’morchiligini mustahkamlashga yordam berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Afg‘onistonda mustahkam tinchlik o‘rnatishga chaqirdi. O‘zbekiston Prezidenti Afg‘onistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ko‘maklashish uchun BMTning Afg‘oniston bo‘yicha doimiy komissiyasini tuzishni taklif qildi. Bu Afg‘onistondagi har qanday tinchlik jarayoni afg‘on xalqining xohish-irodasiga muvofiq bo‘lishi va hech qanday tashqi kuch tomonidan o‘rnatilmasligi kerak degan prinsipga muvofiqdir. Shunday qilib, ichki va xalqaro ishlarda Shavkat Mirziyoyevning siyosati muvaffaqiyatli bo‘ldi. Ichki jabhada iqtisodiyot xalq farovonligi uchun ochiladi, — deyiladi maqolada.
Manba: "xabar.uz"
| |
|