08:50 Nonushtada nimalarni iste’mol qilish zararli? | |
Shifokor-diyetolog Inna Kononenko nonushtada iste’mol qilish sog‘liq uchun zararli va semirishga sabab bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotlarini ma'lum qildi. Mutaxassis birinchi o‘rinda tez tayyor bo‘ladigan bo‘tqalarni nonushta taomnomasidan chiqarib tashlashni tavsiya qildi. Kononenko ular qondagi qand miqdorini keskin oshirishini bunga sabab qilib ko‘rsatdi.
Shuningdek, mutaxassis "zararli nonushta"lar ro‘yxatiga sut yoki sharbatga qo‘shilgan yormalar, murabboli butetbrod va tostlarni ham kiritgan. Kononenko yangi mevalardan siqilgan sharbatlar va smuzilarning foydasi haqidagi afsonani ham inkor qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular tarkibida juda ko‘p shakar bo‘ladi. Fruktoza miqdori mevaning turiga bog‘liq.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|