10:59 O‘qishga kira olmagan yana 100 abiturient talaba bo‘ldi | |
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisga bosh vazir, Davlat komissiyasining raisi Abdulla Aripov raislik qildi. Ushbu ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2018/2019 o‘quv yili uchun talabalar kontingenti Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga 2018/2019 o‘quv yili qabuli bo‘yicha o‘qishga hujjat topshirib, belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida o‘qishga tavsiya etilmagan mos ta’lim yo‘nalishlari abiturientlari hisobidan bazaviy to‘lov-kontrakt asosida quyida belgilangan qo‘shimcha kvotalar bo‘yicha shakllantiriladi: O‘zbekiston milliy universiteti uchun “5120101-Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha - 50ta; Toshkent davlat pedagogika universiteti uchun “5111200-O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha – 50ta. Qo‘shimcha ajratilgan bu 100 ta kvota Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga joriy yilda hujjat topshirib, to‘lov-kontrakt uchun yetarli ball to‘play olmagan mos ta’lim yo‘nalishlari abiturientlari hisobidan shakllantiriladi.
Manba: "kun.uz"
| |
|