22:40 «O‘zavtosanoat» faqat elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tadi | |
O‘zbekiston hukumati «O‘zavtosanoat» kompaniyasini faqat elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 29 dekabrdagi qarorida belgilandi deya yozmoqda «Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov. Qayd etilishicha, mamlakat ichkarisida elektr transport vositalarini sotib olish va (yoki) vaqtincha olib kirish uchun yig‘im bekor qilinadi. Moliya vazirligi 2021 va undan keyingi yillar uchun byudjetni shakllantirishda buni hisobga olishi kerak. Hujjatda 2 oy ichida elektr transporti uchun quvvat olish stansiyalarini (terminallarini) o‘rnatish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish belgilangan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|