Главная » 2021 » Апрель » 29 » O‘zbekiston qirg‘iz-tojik chegarasidagi otishmani zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi
17:23

O‘zbekiston qirg‘iz-tojik chegarasidagi otishmani zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi


O‘zbekiston Respublikasi qirg‘iz-tojik davlat chegarasida vaziyatning keskinlashuvi va ikkala tomonning ham qurbon bo‘lishiga olib kelgan ushbu vaziyat to‘g‘risida chuqur xavotir bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV Matbuot xizmati xabar berdi.

“Biz tomonlarni to‘qnashuvlarni darhol tugatish, vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha qo‘shma choralarni ko‘rish va ziddiyatlarning yanada oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz”, deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida.

Qayd etilishicha. bugungi kunda barcha masalalar va mavjud muammolar faqat Markaziy Osiyodagi qardosh xalqlarga xos bo‘lgan ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik munosabatlari ruhidagi muzokaralar hamda maslahatlashuvlar yo‘li bilan hal qilinishi kerak.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi yuzaga kelgan vaziyatni tezroq tartibga solish uchun har tomonlama yordam berishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro

Joriy yilning 17 aprel kuni Tojikiston va Qirg‘izistonning chegaradosh qishloqlari aholisi o‘rtasida janjal yuz berdi. Bunga Qirg‘iziston tomoni Tojikiston bilan kelishmasdan ikki davlat uchun umumiy bo‘lgan asosiy suv taqsimlash inshooti oldida ko‘prik qurish harkatini boshlagani sabab bo‘ldi.

Joriy yilning 28 aprel kuni Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi Tojikiston bilan chegara hududida qirg‘iz va tojik fuqarolari o‘rtasida yana ziddiyat kelib chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, mojaro tojik tomonining Oqsoy ovuli Ko‘k-Tosh qishlog‘idagi ustunlarga videokuzatuv kameralarini o‘rnatishga qaror qilganidan keyin boshlangan. 

Keyinchalik, Qirg‘iziston Tojikistonni chegaradagi vaziyatni keskinlashtirayotganlikda aybladi.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Husaynzoda qirg‘izistonlik diplomatga Qirg‘iziston Chegara xizmati vakillarining mamlakatning voyaga etmagan ikki fuqarosiga nisbatan qo‘llagan noqonuniy xatti-harakatlari munosabati bilan nota topshirdi.

29 aprel kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida, Botken viloyati Ko‘k-tosh qishlog‘idagi “Golovnoy” suv taqsimlash punkti atrofida mahalliy vaqt bilan taxminan soat 14:00 da otishma boshlandi.

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 29 aprel kuni Qirg‘iziston hukumati a’zolari bilan Botken viloyatidagi davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismidagi vaziyat bo‘yicha tezkor yig‘ilish o‘tkazdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: chaqirdi, otishmani, chegarasidagi, to‘xtatishga, zudlik, qirg‘iz-tojik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz