Главная » 2017»Июнь»30 » Juliya Roberts ayollarni kosmetik vositalardan voz kechishga chaqirdi
22:06
Juliya Roberts ayollarni kosmetik vositalardan voz kechishga chaqirdi
Aktrisa Juliya Roberts ayollardagi tabiiylik tarafdori. Shu bois, u barcha ayollarni makiyajdan voz kechishga chorladi.
Aktrisaning o‘zi kundalik hayotida kosmetik vositalardan umuman foydalanmasligini aytdi va farzandlari uni faqat kinodagina makiyajda ko‘rishlarini ta’kidladi.
“Biz zamonaviy ayollar yuzimizni qalin makiyaj bilan qoplaymiz, botoks qilamiz. O‘zimiz o‘ylab topgan ideallikka intilamiz. Ammo bu hayotimizda unchalik ham ahamiyatli emas. Eng muhimi – ichki go‘zalligimiz. O‘zimizni qanday bo‘lsak, shundayligimizcha qabul qilmasak, unda bizni kimdir sevishiga qanday erishamiz? Ha, menda ajinlar bor, ammo ularni berkitishga umuman harakat qilmayman. Chunki bu mening aslim. Odamlar meni borimcha qabul qilishini istayman va hammaga shunday bo‘lishni maslahat beraman”, deydi aktrisa.